Litsey haqida
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU akademik litseyi — Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) huzurida faoliyat yurituvchi nufuzli davlat ta'lim muassasasi hisoblanadi. Litsey 2006-yilda tashkil etilgan bo'lib, Toshkent shahri Yunusobod tumani Bog'ishamol ko'chasida joylashgan.
Litseyning asosiy maqsadi — bilimga chanqoq va iqtidorli yoshlarning intellektual salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish, ularga chuqurlashtirilgan fundamental ta’lim berish hamda yetakchi milliy va xalqaro oliy o‘quv yurtlariga munosib tayyorlashdir.
Litseyda matematika, fizika, chet tillari, axborot texnologiyalari va boshqa fanlar bo'yicha yuqori malakali pedagog xodimlar, fan nomzodlari va doktorlari mashg'ulotlar olib borishadi.
Maqsadimiz
Bilimga intiluvchan yoshlarning intellektual salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish va aniq fanlar bo‘yicha chuqur fundamental ta’lim berish.
Qadriyatlar
Akademik halollik, yuksak mas'uliyat, intellektual salohiyat va milliy qadriyatlarga sodiqlik.
Natijadorlik
Bitiruvchilarimizning mutlaq ko'pchiligi TATU va nufuzli milliy hamda xorijiy oliygohlarga talabalikka qabul qilinadi.
O'quv muhiti
Zamonaviy kompyuter laboratoriyalari, amaliy mashg'ulotlar va zamonaviy ta'lim texnologiyalari.
Litsey rahbariyati
Akademik litsey ma'muriyati va rahbarlari
Kafedralar
0 malakali pedagog 0 ta kafedrada dars olib boradi
Kafedralar haqida ma'lumot mavjud emas
