Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Akademik Litseyi o‘quvchisi Maxkamova Madina xalqaro SAT imtihonida maksimal — 1600 ball natijani qo‘lga kiritdi!
Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Akademik Litseyi o‘quvchisi Maxkamova Madina xalqaro SAT imtihonida maksimal — 1600 ball natijani qo‘lga kiritdi! Bu yutuq o‘quvchining yuqori salohiyati, tinimsiz mehnati va bilimga bo‘lgan kuchli intilishining yorqin namunasidir. Shuningdek, ushbu muvaffaqiyatda ustozlarning fidokorona mehnati va ota-onalar qo‘llab-quvvatlovi ham muhim o‘rin tutadi. Maxkamova Madinani ushbu tarixiy natija bilan chin qalbdan tabriklaymiz va kelgusida yanada ulkan marralarni zabt etishini tilaymiz! 🌟 👏 Litseyimiz sharafini yuksaltirayotgan yoshlar bilan faxrlanamiz!

